Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shimoliy Koreya AQSh va uning ittifoqchilarini kuzatish uchun sun’iy yo‘ldoshlarni uchirmoqchi
10.03.2022 09:18,  
113

Shimoliy Koreya AQSh va uning ittifoqchilarining harbiy harakatlari haqida real vaqt rejimida ma’lumot berish uchun kelgusi yillarda bir qator razvedka sun’iy yo‘ldoshlarini uchiradi. Bu haqda payshanba kuni davlat matbuoti yetakchi Kim Chen Inn ma’lum qildi. 

Shimoliy Koreya Milliy ayerokosmik rivojlanish boshqarmasini ko‘zdan kechirar ekan, Kim o‘tgan yili e’lon qilingan besh yillik reja davrida “ko‘plab” harbiy razvedka sun’iy yo‘ldoshlari quyosh bilan sinxron qutb orbitasiga chiqarilishini aytdi, deya xabar beradi KCNA davlat axborot agentligi.

“U harbiy razvedka sun’iy yo‘ldoshini ishlab chiqish va ishlatishdan maqsad KXDR qurolli kuchlarini AQSh imperializmi agressiv qo‘shinlari va uning Janubiy Koreya, Yaponiyadagi vassal kuchlari tomonidan unga qarshi amalga oshirgan harbiy harakatlar to‘g‘risida real vaqt rejimida ma’lumot berish ekanligini ta’kidladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirishga tayyorlanayotgan ko‘rinadi, bu yadroviy qurolga ega mamlakatning qurol sinovlari kabi bahsli bo‘lishi mumkin, chunki ular bir xil taqiqlangan ballistik raketa texnologiyasidan foydalanadi.

Shimoliy Koreya 27-fevral va 5-mart kunlari sun’iy yo‘ldosh tizimlarini ikki marta sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi. Janubiy Koreya, Yaponiya va Qo‘shma Shtatlar ma’muriyatlari sinovlar ballistik raketalar uchirilishi bilan bog‘liqligini aytdi.

Bu uchirmalar xalqaro noroziliklarga sabab bo‘ldi va AQSh armiyasi payshanba kuni Sariq dengizda kuzatuv kuchaytirganini aytdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан