Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shimoliy Koreya Yaponiya tomonga ballestik raketasini uchirdi
25.03.2021 17:49,  
579

Yaponiyalik harbiylarning ta’kidlashicha, raketa mamlakat xavfsizligiga xatar tug‘dirmaydi va uning betakror iqtisodiy hududiga tushmaydi. Shunday bo‘lsada, Yaponiya qirg‘oq xavfsizligi xizmati Yapon dengizida baliqchi qayiqlar uchun maxsus ogohlantirish bilan chiqdi. Bu haqda Reuters’ga tayanib "Zamon.uz" yozmoqda.

15 yanvar kuni Olis Sharq muammolari instituti professori Kyonnam Kim Don Yop Shimoliy Koreyaning dunyodagi eng kuchli deb baho berilgan «Pukkikson-5s» ballestik raketasi aslida bor-yo‘g‘i maket ekanini aytdi: haqiqiy qurol maxfiylik nuqtai nazaridan namoyish etilmaydi. Ekspert fikricha, bundan oldingi «Pukkikson-4» raketasi ham uchirilmagan. O‘tgan yilgi «Pukkikson-3» seriyasi suv osti qayiqlarini ishga tushirish uchun mo‘ljallanganini aytdi.

2020 yilda AQShda tayyorlangan harbiy ma’ruzada Shimoliy Koreyada 60ta yader bombasi va 5 ming tonna kimyoviy qurol borligi aytilgan. Bundan tashqari, tahlilchilar Pxenyaning yiliga 5-6 dona jangovar kallak ishlab chiqarish qudratiga ega ekanini ta’kidlashgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан