Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shimoliy Koreyada noto‘g‘ri radio to‘lqinni tinglagan kema kapitani qatl etildi.
24.12.2020 19:08,  
1698

Shimoliy Koreyada baliq ovlovchi kema kapitani AQSh radiostansiyasini tinglagani uchun o‘limga hukm qilindi. Kapitan «noto‘g‘ri to‘lqinda»ligidan tegishli joylarni kema ekipaji a’zolari ogohlantirishgan...

Quruqlikka qaytishganida ularni qurollangan askarlar qarshi olib, kapitanni to‘ppa-to‘g‘ri sudga olib ketishgan, yozadi «Medialeaks».

Jurnalistlar yozishicha, Choy familiyali bu inson 50 kemalik flotni boshqargan, hukumat a’zolari, hatto shaxsan Kim Chen Inni ham baliq bilan ta’minlab kelgan.

Biroq «Radio Free Asia» («Ozod Osiyo» radiosi)ni tinglash baliqchiga qimmatga tushdi, kapitan Choyni Koreya Mehnat partiyasi siyosatiga qarshi qo‘poruvchilik harakatida aybdor deb topishdi.

Baliqchilardan biri takabburligi va o‘ziga behurmatlik qilgani uchun ham Choyni hukumatga tutib berganini aytgan. Choy sudda aybiga, to‘g‘rirog‘i, taqiqlangan radiostansiyani tinglaganiga iqror bo‘lgan. 24 yoshidan beri — armiyada radist bo‘lib xizmat qilganidan boshlab bu radioni eshitib kelishini ham yashirmagan.

Harbiydan qaytgach ham eski odatini tashlamagan, aytishicha, radio unga harbiydagi eng yaxshi damlarini eslatarkan. Umuman, baliq ovlarkan, doim xorij radiosini tinglashni xush ko‘rgan.

O‘qilgan hukm va ijrosi, oqibatlari bir-biridan og‘ir va ayanchli: 40 yoshli kapitan Choyni 100 nafar boshqa kapitanlar ko‘z o‘ngida otib tashlashdi. Unga dengizda ishlashga ruxsat bergan partiya amaldorlari va xavfsizlik xizmati xodimlari ishdan olingan. Davlat xavfsizligi organi Choyni «qayta tarbiyalashga endi kechligi bois» unga o‘lim jazosini ravo ko‘rgan...

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан