Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shirin hokimi​ Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi
10.09.2020 10:53,  
174

Sirdaryo viloyati hokimligi katta majlislar zalida viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev raisligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati Sof.uz'ga xabar berdi.

Shu kunga qadar Shirin shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Xojimatov Abdug‘affor Tillaboyevich viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Xojimatov Abdug‘affor Tillaboyevich 1967 yil 31 avgustda Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan. 1994 yilda Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida Namangan muhandislik-texnologiya instituti muhandisi, Sirdaryo viloyati “Sirdaryo gaz ta’minoti” boshqarmasi yetakchi muhandisi, Sirdaryo viloyati “Guliston gaz taminoti” korxonasi bosh muhandisi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zneftgazinspeksiyasi” Sirdaryo viloyati bo‘limi 1-toifali muhandis-texnologi, yetakchi muhandis-texnologi, bosh texnologi, “Markazgazta’minot” unitar korxonasi Sirdaryo viloyati gaz ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati hokimligi sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан