Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shodmonov AQSh prezidenti maqtovidan keyin gidroksixloroxinni sotib olish boshlanganini esladi
24.12.2020 19:20,  
273

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida O‘zbekistonda koronavirus qayd etilgan ilk kunlarda ko‘rilgan choralarni esladi.

«Ilk kunlarda JSST va uning Yevropa hududiy byurosiga murojaat qilganmiz. Prezidentimiz farmoyishga asosan mablag‘ ajratib bergan. Biz IVL, PSR apparatlari va dori sotib olishimiz kerak edi. Ming afsus, o‘sha paytda JSSTda ham isbotlangan hech qanday usul yo‘q edi. Shu vaqtda AQSh prezidenti birinchi bo‘lib gidroksixloroxinni maqtab chiqdi, shu zahoti buni sotib olish masalasi boshlandi.

Dunyoda samara beradigan dorining ilmiy asosi yo‘q edi. Orqasidan favipiravir, orqasidan remdisivir, eng qimmatbaho dori... nafaqat sotib olindi va zaxira yaratildi, balki bu dorilar O‘zbekistonda ishlab chiqarish boshlandi. Og‘ir reanimatsiyadagi bemorlarni shu orqali saqlab qoldik», — dedi sobiq vazir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан