Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shofirkon tumani ham «qizil» hududlar qatoriga o‘tkazildi
29.05.2020 09:37,  
223

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida bir oilaning yetti nafar a’zosida koronavirus aniqlanganligi sababli tuman «qizil» hududga kiritildi va kirib-chiqish to‘xtatildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, tumanga kirib-chiqish joriy yilning 28 mayidan boshlab to‘xtatilgan va koronavirusga qarshi kurash tezkor shtabi tuzilgan.

Shuningdek, tungi vaqtlarda tuman hududida fuqarolarning bemaqsad yurmasligi, karantin qoidalariga rioya qilinishi lozimligi haqida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilgan. Odamlarning bemaqsad ko‘chada yurishi va to‘planishining oldini olish, jamoat joylarida tibbiyot niqobida yurish, COVID-19 virusini yuqtirib olishdan saqlanish uchun nazorat kuchaytirilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan fuqarolarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish to‘g‘risida topshiriq berilgan.

Foto: Shofirkon tuman hokimligi

Ma’lum qilinishicha, ayni kunlarda koronavirus aniqlangan fuqarolar hamda ular bilan muloqotda bo‘lganlardan dastlabki test namunalari olinmoqda. Joriy yilning 24 mayidan 29 mayga qadar tuman markazidagi odamlar gavjum bo‘ladigan barcha maskanlar — savdo do‘konlari, bozor va rastalar, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida bo‘lgan fuqarolardan tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markaziga murojaat qilib, tegishli tahlillardan o‘tishi so‘ralgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан