Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shovot kanalidan topilgan avtomashina ichidan zanjir bilan bog‘langan erkak murdasi chiqdi
8.06.2020 09:00,  
2154

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Shovot kanalidan topilgan avtomashina ichidan zanjir bilan bog‘langan erkak murdasi chiqqanligi haqida habarlar tarqalgan. Bu haqda Bosh Prokuratura bayonot berdi.

Joriy yilning 17 aprel kuni Xazorasp tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro T.K. bedarak yo‘qolganligi holati yuzasidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Olib borilgan tergov harakatlari davomida “Chap qirg‘oq” suv taqsimlash inoshooti (kanali) dan “Tiko” rusumli avtomashina va avtomashina haydovchi o‘rindig‘ida T.K. bo‘ynidan zanjir bilan avtomashinaning rul qismiga qulflangan holdagi murda topilgan. 

Hozirda T.K. ning o‘lim sabablarini aniqlash bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан