Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Shu kunlarga ham yetib keldik, afsus...". Alisher Qodirov LGBT haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
29.03.2021 12:03,  
546

O‘zbekiston “Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov LGBT haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"G‘urursiz, sharafsiz hayotni o‘limdek ko‘rgan millatning erkaklari ichida ham erkaklikdan mahrum so‘taklar borligini isbotladingiz...

Toshkentda besoqolbozlarning provakatsion mitingini o‘tkazishga harakatlar bo‘layapdi. Bu provakatsiyaga aldanib, e’tiroz uchun yig‘ilganlarning bir qanchasi surishtiruvlar uchun ushlangan. Tartibbuzarlarga tegishli chora ko‘rilishi aniq, lekin masala boshqa tomonda... Oddiygina miting haqida gap ketmayapdi. Bu millat qadriyatlari va jamiyatning fundamental ustunlariga mayda-mayda, lekin yirik niyatlar bilan urilayotgan zarbadir. 

Bu holat Jinoyat kodeksining 120-moddasini yanada kuchaytirishga ehtiyoj borligini yaqqol ko‘rsatdi. 

Modda besoqolbozlik, LGBT g‘oyalarini har qanday shaklda targ‘ib qilishni ta’qiqlashi kerak. Albatta, jazo juda yumshoq. Bu modda sanksiyalari majburiy davolash, ozodlikdan mahrum etish, mamlakat fuqaroligini bekor qilish, mamlakatdan badarg‘a qilishgacha ko‘zda tutishi kerak. 

O‘zbekiston xalqi sizdeklar bilan bir davlatda yashashni istamasa buni qonunda aks etishi kerakligi juda ham tabiiy holat. 

Terrorchilardek g‘urursizlarning ham millati bo‘lmaydi! 

SIZLARNI RAD ETAMIZ! 

O‘zbekiston sizdeklar yashay olmaydigan yurt bo‘lishi uchun hamma narsani qilamiz. 

MILLATIMIZGA OQ BO‘LING, ShARAFSIZLAR!" 

dkya o‘z so‘zlarini yakunlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amir Temur xiyobonida LGBT vakillariga qarshm namoyish bo‘lib o‘tganligi haqida yozgan edik. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан