Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shu paytgacha hech kim koronavirusga chalinmagan Italiyadagi orol olimlarni hayratlantirmoqda
28.07.2020 10:49,  
1647

Italiyaning kichkinagina Jilyo oroli (Toskan arxipelagining bir qismi) aholisidan kasallik tarqalishi uchun qulay sharoitlarga qaramay, pandemiya boshlangandan beri biror kishi koronavirus bilan kasallanmagan. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

O‘rta Yer dengizidagi 23,8 kvadrat kilometrlik orolda taxminan 800 kishi istiqomat qiladi. Ular port yaqinidagi ko‘chalarda yoki zich joylashgan uylar orasidagi tor ko‘chalarda doimiy aloqada bo‘lishadi.

Biroq, hozirgi kunga qadar Jilyo aholisining hech biri COVID-19 alomatlarini ko‘rsatmagan.

Shu bilan birga, 40 yil davomida orolning yagona shifokori bo‘lgan doktor Armando Skiafino koronavirusning mahalliy aholi orasida tarqalishidan juda xavotirda edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qizil toshma, qizamiq yoki suvchechak kabi kasalliklar bir necha kun ichida orol bo‘ylab tarqaladi va "deyarli barcha yuqtiradi".

Jilyoda koronavirus bilan bog‘liq birinchi ma’lum bo‘lgan hodisa fevral oyida orolga kelgan 60 yoshli odam edi. U qarindoshining dafn marosimida qatnashdi va o‘sha kuni Italiyaning materik qismiga qaytib ketdi. Uch hafta o‘tgach, erkak kasalxonada vafot etdi.

Bir necha hafta o‘tgach, orolga yana uchta mehmon keldi, ular ham koronavirusga chalingan edilar. Ulardan biri bir necha kun jilyolik do‘stlari bilan turli joylarda, shu jumladan jamoat ovqatlanish joylarida suhbatlashgan nemis edi. Bir necha hafta o‘tgach, kuchli yo‘tal tufayli u tekshiruvdan o‘tdi va unda koronavirus aniqlandi.

Koronavirus bilan kasallangan boshqa odamlar ham orolga kelishgan. Ammo mahalliy aholining hech biri kasal bo‘lmadi. Orolning 800 aholisidan 723 kishi antitanachalar mavjudligini tekshirishga rozi bo‘lishdi, natijada nemis mehmoni bilan bitta paromga chiqqan keksa italiyalikda aniqlandi. 

Olimlar Jilyo hodisasini hali tushuntirib bera olishmayapti. Milandan kelgan epidemiologiya professori Paola Muti, genetik xususiyatlari tufayli tub aholiga koronavirus ta’sir qilmaydi, deb aytdi. Boshqa versiyaga ko‘ra, COVID-19 orolliklar orasida mutlaqo alomatlarsiz tarqalgan. Shuningdek, orolda yashovchilar yuqtirish uchun koronavirus infektsiyasiga yetarlicha duch kelmagan bo‘lishi mumkin.

Jilyo oroli. Foto: iStock

 

Amerikaning Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, 28 iyul holatida Italiyada 246 286 ta COVID-19 holati tasdiqlangan (dunyoda 15-o‘rin) va 35 112 o‘lim holatlari qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан