Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shu vaqtgacha ishsizlik nafaqasini to‘lash tamomila unutilgan ekan - vazir
4.06.2019 13:37,  
48

Bugun, 4 iyun kun Milliy matbuot markazida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod  Kudbiyev ishtirokida “O‘zbekistonda mehnat sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar va natijalar” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilning ikkinchi yarmidan boshlab mehnat organlarini moliyalashtirish keskin darajada oshirildi.

“Agarki kasbga o‘qita olmasak, jamoat ishiga odamlarimiz yo‘q desak. Unda mayli qonunchilik bo‘yicha ishsizlik nafaqasini to‘lab berishimiz kerak. Hattoki, mehnat organlari ishsizlik nafaqasini tayinlashni esdan chiqargan ekan. Buni ochiqchasiga tan olamiz. Moliya vazirligi davlat byudjeti ajratib berilgan mablag‘ ishsizlik nafaqasi sifatida rasmiylashtirishga ulgurmayapmiz. Ya’ni mehnat organlari o‘zining moddiy texnika bazasi yetarli bo‘lmaganligi, umumiy saviyamiz yetarli bo‘lmaganligi - eng og‘ir muammolarimiz shundan iborat”, - dedi Sherzod Kudbiyev.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 16 ming nafar kishi ishsizlik nafaqasini olmoqda. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 2,5 ming kishini tashkil etgan.

Joriy yil 4 oyi davomida  mehnat organlariga murojaat  qilgan aholi soni 1,5 baravar, 179 mingdan 239,4 minggacha, ish joylashtirish aholi soni 1,2 baravar, 77 mingdan 93 minggacha oshgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан