Avval xabar qilganimizdek, “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi. O‘zbekistonning kelgusi 5 yil taqdiri aks etgan hujjatda qator tashabbuslar aks etgan.
Unga ko‘ra, joriy yilgi rejalardan o‘qituvchi va shifokorlar maoshlarini oshirish masalasi ham o‘rin olgan.
Xususan, 2022 yil 1 iyulgacha:
2022 yilda iqtidorli o‘qituvchi va shifokorlarning ish haqlari malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda oshiriladi;
xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘qituvchi va shifokorlarga malaka toifalarini berish tartibi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.