Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shuhrat G‘aniyev Marg‘ilondagi yangi markaz va korxonalarni ochib berdi (foto)
8.06.2020 17:57,  
616

Tadbirkor ayol Nargiza Aminova tashabbusi bilan sobiq “Atlas” firmasi negizida “UZWOOLENTEX” qo‘shma korxonasi tashkil etildi va formali kiyimlar uchun jun aralashmali matolar ishlab chiqarish tarmog‘i loyihasi ishga tushirildi.

Bu yerda umumiy qiymati 7,9 million AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Yangi loyiha bir vaqtning o‘zida 300 nafar mahalliy yoshlar bandligini ta’minlash imkoniyatini berdi. Shu kunga qadar to‘quv, sifatni nazorat qilish, pardozlash va laboratoriya sexlari yuqori unum bilan ishlamoqda. To‘qimachilik tarmoqlari rivojlangan mamlakatlardan olib kelingan so‘ngi rusumdagi ishlab chiqarish uskunalarini maxorat bilan boshqaryotganlarning asosini marg‘ilonlik yoshlar tashkil etadi.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev mazkur korxona ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq taqdimot marosimida ishtirok etdi.

Marg‘ilon shahrida Hunarmandlar bozori hamda Hunarmandchilik markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

asmiy faoliyat yuritayotgan “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lganlar soni 527 nafarni tashkil etib, ularning mingdan ortiq shogirdlari bor. Bu yerda milliy matolar adras, atlas va ulardan tikuvchilik buyumlar ishlab chiqarish, milliy poyabzal ishlab chiqarish, yog‘ochsozlik, yog‘och o‘ymakorligi, do‘ppido‘zlik, to‘nchilik, temirchilik, misgarlik kabi yo‘nalishlarda hunarmandlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bozorning ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ishtirok etib, bu maskan mohir hunarmandlarning mahsulotlarini targ‘ib etish va sotishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Marg‘ilon shahrida yangi qurib, foydalanishga topshirilgan Raqamli texnologiyalar markazi ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev qatnashib, markaz viloyat yoshlarini axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini berish hamda shu yo‘l bilan ularni daromadini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

 2,5 gektar maydonni egallagan zamonaviy markazning bunyod etishga mahalliy byudjetdan 14 milliard so‘m mablag‘ sarf etildi. Markaz raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot bo‘yicha yagona markazlashgan kompleks tizim yaratish hamda xizmatlar taqdim etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан