Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shuhrat G‘aniyev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlanishi kutilmoqda
25.09.2020 11:19,  
650

Shuhrat G‘aniyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Farg‘ona viloyati hokimi lavozimidan ozod etiladi. Turli manbalarning ta’kidlashicha, G‘aniyev O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 25 sentyabr kuni xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Unda shu vaqtgacha Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyatining yangi hokimi sifatida jamoatchilikka tanishtirilishi kutilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан