Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shuhrat G‘aniyev Qamashida seminar o‘tkazdi
16.11.2020 21:39,  
569

Manbada yozilishicha, Qamashi tuman hokimligi majlislar zalida qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev ishtirokida seminar o‘tkazilgan. Unda bog‘dorchilik, uzumchilik, baliqchilik, chorvachilik kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaligi rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etgan.

Seminarda bog‘dorchilik yo‘nalishida faoliyat boshlash niyatida bo‘lgan tadbirkorlar misolida seminar qatnashchilariga tushuntirish berildi. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilgan tadbirkorlarga subsidiyalar berilishi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, Farg‘ona viloyati sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyev 28 sentyabrdan buyon bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab keladi. G‘aniyev bu lavozimda joriy yil 20 sentyabrda vafot etgan O‘ktam Barnoyevning o‘rnini egallagandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан