Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shuhrat G‘aniyev va Botken viloyati gubernatori Alisher Abdurahmonov bilan chayegara masalasini hal qilib oldi
9.06.2020 22:33,  
414

2020 yil 9 iyun kuni Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati rahbariyati tashabbusi bilan uning hududida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev va Botken viloyati gubernatori Alisher Abdurahmonovlar boshchiligida chegara qo‘shinlari, xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, bojxona boshqarmalarining boshliqlari hamda viloyat prokurorlari, Qirg‘iziston Respublikasi hukumati a’zolari ishtirokida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari ular tomonidan mamlakat hududidan anklav So‘x tumani hamda Shohimardon va Yordon qishloqlariga aholining erkin borib-kelishida hech qanday to‘siq yoki muammolar bo‘lmasligini, bu hududlarga oziq-ovqat, xalq iste’moli va qurilish mollari yetkazuvchi yuk mashinalarining harakati aslo chegaralanmasligini alohida urg‘uladilar.

Muzokaralar chog‘ida har ikki tomon vakillari yaqinda bo‘lib o‘tgan So‘x tumanidagi ko‘ngilsizliklar O‘zbekiston va Qirg‘iziston, Farg‘ona va Botken viloyatlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga aslo putur yetkazmasligini alohida qayd etdilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан