Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shuhrat G‘aniyev vazifasidan ozod etildi. Namangan hokimi Farg‘ona viloyati hokimi etib tayinlandi
25.09.2020 15:12,  
522

Bugun 25 sentyabr kuni Farg‘ona viloyati faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, boshqa ishga o‘tganligi sababli Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev vazifasidan ozod etildi.

Shuhrat G‘aniyev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlanishi kutilmoqda

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasiga ko‘ra ilgari Namangan viloyati hokimi bo‘lib ishlagan Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Faollar yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovlar ishtirok etdi va so‘zga chiqdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан