Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shunchaki dahshat: Kristian Eriksen o‘yin vaqtida hushidan ketdi. Daniya—Finlyandiya o‘yini to‘xtatildi (video)
12.06.2021 22:41,  
588

Yevropa chempionati doirasida o‘tkazilayotgan Daniya — Finlyandiya o‘yinida Daniya yarim himoyachi Kristian Eriksen hushini yo‘qotib, maydonga yiqildi.

«Inter» futbolchisi 43-daqiqada maydon chetiga qulab tushdi. Qayd etish joiz, bu to‘qnashuv natijasida sodir bo‘lmadi.

Shundan so‘ng o‘yin to‘xtatildi va shifokorlar shoshilinch ravishda maydonga chiqib, reanimatsiya muolajalarini qo‘lladi, shu jumladan defibrillyatordan ham foydalanildi.

Kristian Erikson olgan jarohat sabab yuzaga kelgan vaziyatdan keyin to‘xtatilgan. Daniya – Finlandiya uchrashuvi qoldirildi! O‘yin ertaga, 13 iyun yakshanba kuni soat 14:00dan boshlab davom ettiriladi.

Futbolchi stadiondan olib chiqib ketilayotgan vaqtda u hushiga kelgan bo‘lgan.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан