Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shvetsiya armiyasida soxta diplomli 1000ga yaqin ofitser borligi aytilmoqda 
18.01.2020 15:36,  
237

Dagens Nyheter gazetasining xabariga ko‘ra, armiyada “polkovnik” unvonigacha ko‘tarilgan soxta diplomli 1000ga yaqin ofitser bor. Ular bir qator xalqaro tashkilotlarda oliy martabali lavozimlarda ishlaydi.

Masalan, yaqindagina ushbu nashr [Dagens Nyheter gazetasi] mamlakat armiyasi safida 20 yil xizmat qilgan soxta ofitser 2013 yili Belgiyadagi NATO qarorgohida faoliyat ko‘rsatganligi aniqlanganini ma’lum qildi. Ushbu “ofitser” 2019 yili esa, BMT nomidan Mali Respublikasidagi shved harbiylariga qo‘mondonlik vazifasini ham bajargan.

Bir qancha xalqaro harbiy lavozimlarda Shvetsiya nomidan qo‘mondonlik vazifasini bajarib kelgan soxta ofitser Shvetsiya harbiy razvedka va xavfsizlik xizmatida 4 yil faoliyat ko‘rsatgan.

Shvetsiya Mudofaa vaziri Peter Hultqvist bu holatga aniqlik kiritar ekan, davlat harbiy bosh shtabi soxta ofitser ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilganligini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан