Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shvetsiya O‘zbekistonda ingliz tilini rivojlantirish uchun 60 million dollar sarmoya kiritmoqchi
6.03.2020 14:24,  
204

Shvetsiyaning YeF Education First kompaniyasi O‘zbekistonda ingliz tilini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun qariyb 60 million dollar sarmoya kiritmoqchi, deb xabar beradi Podrobno.uz muxbiri.

Bu haqda Xalq ta’lim vazirligi (XTV) va EF Education First o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangandan so‘ng ma’lum qilindi. Hujjat doirasida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun zamin yaratmoqchi.

Xususan, XTV va shved kompaniyasi O‘zbekistondagi talabalar, o‘qituvchilar va barchaning ingliz tilidagi bilimlarini baholash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish niyatida. Shuningdek, respublikamizda ingliz tilini rivojlantirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha qator treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma dasturlar ham ishlab chiqiladi.

"Bugungi kunda ingliz tili dunyodagi eng mashhur tillardan biridir. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va EF Education First o‘rtasidagi hamkorligi farzandlarimiz ingliz tilini yanada chuqurroq o‘zlashtirishiga va o‘z o‘rnida kelajakdagi kareralarida muvaffaqiyatlarga erishishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi", dedi Xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov.

EF Education First - bu ingliz tilida turli xil o‘quv dasturlariga ega bo‘lgan va tilni o‘rganish samaradorligini oshirish usullarida pedagogik yondashuvlarini taklif qiluvchi yirik xususiy ta’lim kompaniyasidir.

Bugungi kunda o‘zbek maktablarida 5,38 million bola ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан