Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shvetsiyada terrorchilik hujumini tayyorlashda gumon qilingan o‘zbekistonlik ozod qilindi
5.11.2019 11:01,  
376

Shvetsiya hukumati muqaddam terrorchilik hujumini tayyorlash va moliyalashtirishda ayblanib 7 yil qamoq jazosiga hukm etilgan 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qirollikdan deportatsiya qilish haqida qaror chiqardi. Bu haqda dushanba kuni TT axborot agentligi xabar tarqatdi. Xavfsizlik politsiyasida tutib turilgan ushbu shaxs hozirda ozod qilinganiga qaramay, hali Shvetsiyadan chiqarib yuborilmagan. Chunki vatanida uning hayotiga xavf bor, deb hisoblangan.

“Terrorchilik jinoyatini tayyorlash” bo‘yicha ishni eshitish shu yilning yanvar-fevral oylarida bo‘lib o‘tgan, hibsdagi olti kishiga nisbatan ayblov e’lon qilingan. Ulardan uch kishi kimyoviy moddalarga ega bo‘lish va saqlashda gumon qilingan. Bu olti kishining barchasi terrorchilikni moliyalashtirish haqidagi qonunni buzganlikda ham ayblangan/, ammo ular bu da’volarni rad etgan. Ayblanganlarning besh nafari 30-46 yosh oralig‘idagi O‘zbekiston fuqarolari, yana bir kishi esa Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan.

Mart oyida Shvetsiyadagi okrug sudi 46 yoshli gumonlanuvchining “Islomiy davlat” terrorchilik tashkiloti bilan aloqasi borligini aytgan, shuningdek, uni kimyoviy moddalarga ega bo‘lish va terrorchilik hujumini tayyorlashda ayblab, 7 yillik qamoqqa hukm qilgan edi.

Ammo joriy yil iyun oyida bo‘lgan apellyasiya sudi o‘zbekistonlikka nisbatan birinchi bosqich sudi chiqargan hukmni tasdiqlamadi, undan terrorchilik hujumini tayyorlash ayblovini olib tashladi va faqat terrorchilikni moliyalashtirishda aybdor, deb topdi. Shundan keyin sudlanuvchi xavfsizlik politsiyasi izolyatoriga joylashtirildi, politsiya esa uni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi shaxs sifatida deportatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Ammo politsiyaning bu harakati ustidan shikoyat qilindi va oxir-oqibat hukumat bu masaladagi so‘nggi qarorini aytdi.

Oktyabr oyi oxirida ham hukumat xavfsizlik politsiyasi shu yilning bahorida o‘tkazgan amaliyotlar natijasida qo‘lga olingan olti nafar mutaassib islomiy qarashlarga ega shaxsni mamlakatdan chiqarib yuborish haqida qaror chiqargan edi. Ammo ular ham ayni vaqtda ozodlikka qo‘yib yuborilgan. Migratsiya ishlari bo‘yicha apellatsiya sudi qabul qilgan qarorga ko‘ra, “bu shaxslar o‘z mamlakatida ta’qib qurboniga aylanishi mumkin”. Ammo Shvetsiya hukumati bu masaladagi “to‘siqlarni olib tashlash” ustida faol ishlayotganini aytib keladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан