Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shvetsiyada vafot etgan fuqaroning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi
6.07.2021 21:51,  
583

Qashqadaryolik I.K 2021 yilning fevral oyida Shvetsiya davlatiga ishlash uchun borib, 20 iyun kuni salomatligi yomonlashib, vafot etgan.

Oila a’zolarining murojaatiga asosan, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi bilan birgalikda marhumning jasadini Vatanga qaytarish yuzasidan tashkiliy-huquqiy ishlar amalga oshirildi. 3 iyul kuni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonga olib kelindi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 6 oyida xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vaqtda vafot etgan 218 nafar fuqarolarning jasadi Vatanga qaytarildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан