Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shvetsiya O‘zbekistonga ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda yordam beradi
14.02.2019 12:43,  
16

Toshkentda O‘zbekiston va Shvetsiya biznes vakillari ishtirokida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Business Sweden” Kengashi tomonidan biznes-forum o‘tkazildi.

Shvetsiya Qirolligining O‘zbekistondagi elchisi Ingrid Tersman boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qilish uchun tashrif buyurdi.

"Biz O‘zbekistonga endigina islohotlar kirib kelishni boshlagan vaqtda 2017 yilning fevralidayoq yurtingizda birinchi bor tadbir o‘tkazgan edik. Ushbu davr mobaynida mamlakatingizda bir necha bor ishtirok etib, izchil ijobiy o‘zgarishlarni kuzatdik. Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarini rivojlantirish niyatida ekanligi har bir kishini quvontiradi, albatta. Bu shubhasiz, barqaror iqtisodiy o‘sishga, fuqarolarning turmush darajasini oshirishga olib keladi. Shvetsiya kichik mamlakat bo‘lib, O‘zbekistondan ancha uzoqda joylashgan, biroq, bizda bir necha yillar davomida tashqi bozorga chiqishni istagan bir nechta kompaniyalarimiz mavjud. Ishonchim komilki, shved kompaniyalari bilan hamkorlik ikki mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi", - dedi o‘z nutqida Ingrid Tersman.

Tadbirda "EF Education First" kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Imzolangan memorandumga binoan, tomonlar inson kapitali rivojlanishi sohasida tajriba almashadilar va ingliz tilini o‘z ichiga olgan xorijiy til o‘qituvchilarini tayyorlash sohasida hamkorlik qilishadi va ularning bilimlarini baholashadi.

O‘zbekiston-Shvetsiya munosabatlarini mustahkamlashning asosiy vazifalaridan biri mamlakatlar o‘rtasida qonunchilik bazasini kengaytirishdan iborat. Unga savdo-sotiq dinamikasini oshirish, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishga hamda qulay iqtisodiy muhitni yaratishga qaratilgan bir qator ikki tomonlama bitimlarni imzolanish kiradi.

Istiqbolli sanoat tarmoqlari orasida farmatsevtika, yengil va oziq-ovqat sanoati, ta’lim hamda texnologiya kabi sohalar mavjud. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida shved kapitali ishtirokida 10 ta korxona faoliyat yuritmoqda, shundan 100% chet el sarmoyasi bilan 1 ta kompaniya mavjud.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан