Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shvetsiya sudi Gulnora Karimovaning vasiyatnomasini ommaga oshkor qildi
9.09.2018 01:25,  
28

4 sentyabr kuni Stokholm sudida boshlangan mahkama jaraënida shved prokurori Gunnar Stetler¸ Gayane Avakyan¸ Rustam Madumarov kabi Gulnora Karimovaga yaqin shaxslar nomiga ochilgan offshor shirkatlari¸ ularga qarashli aksiya va boshqa boyliklarning asl egasi aynan Gulnora Karimova ekanini tasdiqlovchi faktlarni taqdim etdi.

Stokholm sudida 14 dekabrga qadar davom etadigan mahkamada Shvetsiyaning eng yirik telekommunikatsiya shirkati TeliaSoneraning uch sobiq rahbari 2007-2010 yillar davomida o‘sha davrdagi O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga 400 million AQSh dollariga yaqin pora berganlikda ayblanmoqda.

Ayblov xulosasiga ko‘ra¸ Gulnora Karimova¸ O‘zbekiston telekommunikatsiya sektorini amalda to‘lig‘icha nazorat qilgan va bu bozorga kirish uchun xorij shirkatlari "kelishuv" qilishi lozim bo‘lgan shirkatlarning hammasi¸ xususan¸ TeliaSonera turli sxemalar orqali yuzlab million dollar to‘lagan Takilant shirkati aslida Gulnora Karimovaga qarashli bo‘lgan.

Sud jaraënida bu ayblovni quvvatlash uchun namoyish etilgan hujjatlar nusxasi Stokholm shahar sudi ommaga taqdim etildi. Bu hujjatlar orasida Gulnora Karimovaning "so‘nggi vasiyat"lari ham bor.

Shved sudida taqdim etilgan bu vasiyatnomada Karimova o‘zidan keyin qonunan tan olinishi lozim so‘nggi va yagona vasiyat ekani va boyliklarining egasi ikki farzandi - 1992 yili tug‘ilgan Islom va 1998 yili tug‘ilgan Imon ekanini bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, Karimova 2015 yilning avgustida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilgan. Jumladan, Karimova jinoiy guruh tuzishga aloqadorlik, o‘g‘irlik, pul undirish, davlat mablag‘larini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborish, soliqlar to‘lashdan bosh tortish singari jinoyatlarda ayblangan va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Rasmiy bayonotda xabar qilinishicha, Karimovaga nisbatan yana bir jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Unga ko‘ra, Gulnora Karimova bojxona qonunchiligi, savdo-sotiq qoidalarini buzish, chet el valyutasini yashirincha saqlash, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni qonuniylashtirish va hujjatlarni soxtalashtirishda ayblanmoqda. Mazkur ish bo‘yicha tergov hali yakunlanmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан