Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shvetsiyada «bekorchi» ish o‘rni paydo bo‘ldi – ish haqi 2320 dollar
13.03.2019 12:58,  
135

Shvetsiyada rassomlar Saymon Goldin va Yakob Sennebi umrbodlik ish taklif qilishmoqda. Ishga joylashgan kishi hech qachon hech narsa qilmaydi, deya yozadi Public Art Agency Sweden.

Rassomlar allaqachon 650 ming dollarni tashkil etadigan “Doimiy ish o‘rni” jamg‘armasini yaratgan. Ta’kidlanishicha, ushbu jamg‘arma o‘sishda davom etadi. Ishga qabul qilingan odamdan Gyoteborg shahridagi vokzalda joylashgan “ish joyi”ga belgilangan vaqt ichida kelishi va “ish kuni oxirida” ketishi talab etiladi.

Shu bilan birga, ishga joylashgan kishi istagan mashg‘uloti bilan shug‘ullanishi mumkin. Tajriba 120 yilga mo‘ljallangan, ishga faqat bir kishi qabul qilinishi mumkin. Biroq biror sabablarga ko‘ra u ishdan bo‘shasa, uning o‘rniga boshqa odam ishga qabul qilinadi. Rassomlar ishchi ta’til va nafaqa uchun ko‘p pul topaman deb qiynalmasligi uchun yuqori maosh taklif qilishmoqda. Bekorchilar ish o‘rni 2025 yilda ochiladi.

Saymon Goldin va Yakob Sennebining asosiy maqsadi -  hech bir ish qilmay umrbod maosh oladigan inson haqida shahar afsonasi yoki mem yaratish.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан