Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shvetsiyadagi qamoqxonada saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilov mahbus hujumiga uchradi
10.08.2018 13:16,  
10

Stokgolmda terakt uyushtirishda ayblanib bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan o‘zbekistonlik Rahmat Oqilovga qamoqxonada mahbuslardan biri hujum qildi.

Voqea o‘tgan haftada xavfsizlik darajasi yuqori bo‘lgan Kumla qamoqxonasida yuz bergan. Oqilovga noqonuniy tarzda qurol saqlagani uchun to‘rt yilga qamalgan 24 yoshli mahbus  hujum qilgan. U Oqilov saqlanayotgan kameraga kirgan va eshikni ichidan berkitib olgan, deb yozadi RIA Novosti.

Shundan so‘ng ichkaridan baqir-chaqir va zarba tovushlari eshitilgan. Soqchilarning ko‘rsatma berishlaricha, ular ichkariga kirishganida mahbus yerda yotgan Oqilovga zarba berayotgan bo‘lgan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi. Hujum qilgan mahbus izolyasiya bo‘limiga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 7 aprelda Stokgolm markazidagi yo‘lovchilar yuradigan ko‘chalarning birida yuk mashinasi odamlar ustiga qarab bostirib borgan. U 500 metrdan ziyod masofani bosib o‘tgach, Åhlens savdo markazi binosiga borib urilgan. Besh kishi halok bo‘lgan, 15 kishi turli darajadagi jarohatlarni olgan. Stokgolm hukumati ro‘y bergan voqeani terakt deb tan olgan.

Teraktni sodir etganlikda O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilov ayblangan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан