Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shveytsariyada hijob taqish ta’qiqlandi
9.03.2021 11:02,  
311

Yakshanba kuni Shveytsariyada bo‘lib o‘tgan referendumda yuzni yashirish no‘urin ekanligi to‘g‘risidagi fikrni ma’qullashdi. Saylovchilarning yarmidan ko‘pi bunga rozilik bildirdi.

Ushbu o‘zgartirishlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri musulmonlarga qaratilmagan bo‘lib, bundan maqsad noroziliklarning radikal ishtirokchilariga niqobning orqasida yashirishga yo‘l qo‘ymaslik ekani aytildi.

Biroq, mahalliy siyosatchilar va ommaviy axborot vositalari ushbu qonun loyihasida aynan paranjiga urg‘u berilganini ta’kidlashdi.

Referendum qo‘mitasi raisi va Milliy konservativ "Shveytsariya xalq partiyasi" deputati Valter Vobman ovoz berishdan oldin, paranji bilan to‘silgan yuz mamlakatda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ekstremistik harakatlar ramzi ekanini aytdi.

Musulmonlar kengashi referendumni jamiyat uchun "qora kun" deb atadi.

Shu bilan birga, Lyusern universiteti Shveytsariyada deyarli hech kim paranji taqmasligini va hijobni butun mamlakat bo‘ylab o‘ttizga yaqin ayolgina taqishini aytdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан