Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Si Szinpin O‘zbekistonga keladi
29.04.2021 19:11,  
388

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati e’lon qilgan xabarda aytilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Szinpin bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida oliy darajali tadbirlarga ham to‘xtab o‘tilgan. Yetakchilar XXR Raisining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifiga keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish, ko‘p asrlik mustahkam do‘stlik rishtalari va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim tarixiy ahamiyat kasb etadigan voqea sifatida puxta tayyorgarlik ko‘rish muhim ekanini qayd etgan.

Suhbat chog‘ida shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, shu jumladan “Xitoy – Markaziy Osiyo” formatidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан