Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Si Jinping Geytsga koronavirusga qarshi kurashda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi
22.02.2020 23:25,  
340

Prezident Si Jinping Microsoft asoschisi Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda yangi koronavirus epidemiyasi bilan kurashishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik xati yo‘lladi. Maktub matni Sinxua axborot agentligi tomonidan e’lon qilindi deb xabar bermoqda RIA Novosti.

 Avvalroq Microsoft asoschisi, milliarder Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda (Bill & Melinda Geyts fondi) xayriya jamg‘armasi COVID-19 tarqalishiga qarshi global kurashga 100 million dollargacha mablag‘ ajratishi ma’lum bo‘ldi.

"Endi Xitoyda koronavirusning yangi turi (COVID-19) bilan kurashda juda muhim davr keldi. Men Bill va Melinda Geyts jamg‘armasining saxiyligi va bunday muhim lahzada Xitoy xalqiga birdamlik bildirgan maktubingiz uchun chuqur minnatdorman", deb yozdi Xitoy rahbari.

Uning ta’kidlashicha, avj olgan paytdan boshlab u Xitoyning epidemiyaga qarshi kurashda ko‘rsatma sifatida ishonch, birdamlik, ilmiy yondoshish va maqsadli choralarni ko‘rishga chaqirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy ham global sog‘liqni saqlash xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shishga tayyor.

Shuningdek, XXR rahbari ushbu jamg‘arma yuqumli kasalliklarga qarshi kurash bo‘yicha tezkor harakatlarga qo‘shilganligini va epidemiyaning global oldini olishda faol rol o‘ynaganligini ta’kidladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан