Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sifatsiz dori sotish qanday javobgarlik keltirib chiqaradi? 
18.07.2020 11:15,  
182

Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Dorixonalar dori vositalarining qo‘llanilishi chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar to‘g‘risida Sog‘liqni saqlash vazirligini belgilangan tartibda yozma shaklda xabardor qilishi shart.

Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Jumladan, Jinoyat kodeksiga ko‘ra, ushbu jinoyat uchun jinoyatning og‘irlik darajasiga qarab 22 mln 300 ming so‘m jarimadan boshlab 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazo belgilanishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан