Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sifatsiz ko‘mir bo‘yicha «O‘zbekko‘mir» AJga senator so‘rovi yuborildi
4.09.2020 10:31,  
175

Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabar berishicha, fuqarolardan kelib tushgan shikoyatlar asosida senatorlar va tegishli mutaxassislardan iborat 14 nafar vakil tomonidan «Qashqadaryo ko‘mir yetkazuvchi» filiali va ko‘mir omborlarida o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar yakunida «O‘zbekko‘mir» AJga senatorlik so‘rovi yuborildi.

Qayd etilganidek, «O‘zbekko‘mir» AJ yetkazib berilayotgan ko‘mir sifatiga o‘ziga xos standartlar o‘rnatgan. Viloyatning ko‘mir omborlariga keltirilayotgan BR-2 markadagi qattiq yoqilg‘ining 50 foizi ko‘mir kukunidan iborat.

Haddan tashqari namlik natijasida tashish, yuklash, tushirish, yetkazib beruvchidan oxirgi iste’molchiga qadar kamida ko‘mirning sifati uch barobarga pastlamoqda.

Tez orada senatorlar tomonidan «O‘zbekko‘mir» AJning aholi va ijtimoiy soha muassasalariga sifatli ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berishi yuzasidan yuborilgan so‘rov natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан