Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sinf rahbarlariga qo‘yiladigan talablar qanday?
24.02.2021 20:00,  
528

2021 yilning fevral oyidan e’tiboran xalq ta’limi tizimida 
5-sinfdan boshlab, 11-sinfga qadar yagona sinf rahbarini tayinlash bo‘yicha Nizom joriy etildi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi telegram kanali axborot bermoqda.

Yangi Nizomga muvofiq, birinchi navbatda maktablarda sinf rahbarlariga qo‘yiladigan umumiy talablar ishlab chiqildi. Xususan,

— kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;
— maktabda to‘liq stavkada acosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan;
— bo‘linib o‘qitiladigan fanlardan dars bermaydigan;
— odob-axloqi va xulqi bilan o‘quvchilarga shaxsiy namuna bo‘la oladigan;
— ruhiy jihatdan barqaror bo‘lgan;
— o‘quvchilar bilan ishlash jarayoniga mas’uliyat bilan yondasha oladigan.
  
Shuningdek, qabul qilingan yangi nizomga muvofiq, sinf rahbarlarining:

— amaldagi xujjatlari soni optimallashtirildi;
— faoliyatini baholash mezonlari yaratildi;
— malaka oshirish kurslari ishlab chiqildi;
— ota-onalar bilan ishlash tizimi takomillashtirildi.

Amalga oshirilgan o‘zgarishlardan kutilayotgan asosiy natijalar:

- sinf rahbarlarining o‘quvchilar tarbiyasiga ta’siri sezilarli ravishda oshishi;
- 5-sinfdan 11-sinfgacha yagona sinf rahbarining biriktirilishi natijasida sinfdagi ijtimoiy muhitni sog‘lom ravishda ushlab turish imkoni;
- ota-onalar tomonidan o‘z farzandlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga nisbatan qiziqishining ortishi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан