Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Singapur kompaniyasi Toshkentda chiqindilardan o‘g‘it ishlab chiqarishi mumkin
21.02.2020 17:38,  
160

Toshkent shahar hokimligida Singapurning Alpha Global Capital kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda chiqindilarni qayta ishlash yo‘nalishidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalasi muhokama qilingan, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, Singapur kompaniyasi bugungi kunda qattiq va aralash turdagi chiqindilarni qayta ishlash natijasida ekologik toza o‘g‘itlar ishlab chiqarish, qurilish materiallari tayyorlash, shuningdek, suvni zararsizlantirish uchun qator texnologiyalarni ishlab chiqqan.

Poytaxt hokimligidan qayd etilishicha, Alpha Global Capital taklif etayotgan texnologiyalar kichik hududlarga mo‘ljallangan bo‘lib, transport xarajatini talab etmaydi, atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarmaydi, shuningdek, energiya tejamkordir.

“Suvni zararsizlantirish bo‘yicha takliflari kanallarning sanitar holatini yaxshilash va obodonlashtirish uchun foydali”, — deyiladi Toshkent shahar hokimligi axborotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан