Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sinoptiklar bahorning ilk kunlari ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi
28.02.2020 15:48,  
772

Bu yilgi qish mavsumi oxirgi yillardagi qishlar kabi iliq bo‘ldi. Yog‘inlar asosan yomg‘ir ko‘rinishida yog‘di, faqat vaqti-vaqti bilan qorga aylandi. Barqaror qor qoplami faqat respublikamizning tog‘li hududlarida kuzatildi.

Bu yilgi qish mavsumining eng sovuq davrlarida harorat 2-7 daraja sovuqqacha tushdi, lekin bunday sovuqlar qisqa muddatli bo‘ldi. Eng iliq kunlarda esa harorat 15-20 darajagacha ko‘tarildi, ayrim joylarda (mamlakatning janubi va cho‘l zonalarida) esa haroratning bundan ham yuqori bo‘lgani qayd etildi. Bu ko‘proq qishga qaraganda bahorga xos havodir.

Bu yilgi bahor quyoshli va juda iliq havo bilan boshlanadi. 1-2 martda kunduzgi harorat 20-23 darajagacha ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 8-10 darajaga yuqori.

O‘zgidrometning xabar berishicha, 3 martda O‘zbekiston hududining katta qismida iliq va quruq havo saqlanib turadi. 4-5 martda salqin va nam havo oqimining kirishi bilan harorat foni pasayadi. Respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Biroq bahor oyining birinchi o‘n kunligida ob-havoning keskin o‘zgarishlari kutilmayapti.

Shuni ham nazarda tutish kerakki, mart oyi juda injiq oy. Bu oyga havo oqimi yo‘nalishlarining tez-tez o‘zgarib turishi xosdir. Xorijiy janubdan jadal kiradigan juda iliq havo oqimi Volgabo‘yi, ba’zida Ural va kamdan kam holda G‘arbiy Sibirdan kiradigan sovuq havo bilan almashib turadi. Shuning uchun issiq havoli davr sovuq haroratli davr bilan almashib turadi. Havo oqimlari almashinuvi nam bilan birgalikda kelsa, ob-havo nobarqaor bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatiladi. O‘zbekistonda mart oyi yilning ham yog‘inlar miqdori, ham yog‘ingarchilikli kunlar soni bo‘yicha eng ko‘p yog‘ingarchilik kuzatiladigan davridir. O‘rtacha hisoblaganda, agar shimoliy hududlar va cho‘l zonasini hisobga olinmasa, martda 10 kundan 15 kungacha yog‘ingarchilikli kunlar bo‘ladi.

Martda yog‘ayotgan yomg‘irning qorga aylanishi va haroratning manfiy ko‘rsatkichlargacha tushib ketish holatlari ham takrorlanib turadi. Ana shunday noxush ob-havo syurprizlaridan biri 2015 yil mart oyida qayd etilgan. Uzoq muddatli iliq ob-havodan keyin, mevali daraxtlar gullagandan so‘ng, mart oyining oxirida respublikaning ayrim mintaqalarida qor yog‘ib, sovuq urgan.

Umuman bahor faslining qanday bo‘lishi to‘g‘risida aytish mushkul. Aprelda odatda atmosferaning nobarqaror holati saqlanib turadi. Yomg‘irlar ko‘p yog‘adi, biroq ular qisqa muddatli bo‘lib, momaqaldiroq bo‘ladi, ba’zan do‘l yog‘ib, shamol kuchayadi va shiddat bilan esadi.

Mayda mart va aprelga qaraganda yog‘ingarchilik kam bo‘ladi, ular odatda hudud bo‘yicha, hatto bir shahar chegarasida ham notekis taqsimlanadi, lekin juda kuchli ham bo‘lishi mumkin.

Tog‘oldi hududlarda kuchli jala vayron qiluvchi sel oqimlarini yuzaga keltirishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан