Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sinoptiklar O‘zbekistonda yanvar oyining ikkinchi yarmida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi
7.01.2022 17:51,  
924

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 7 yanvar kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kun davomida ba’zi joylarga yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida esa biroz qor yog‘adi.

8-14 yanvar kunlari respublika hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

9-12 yanvar kunlari havo harorati kechalari -2…+3, kunduzi — +3…+8, ba’zi joylarda esa — +10…+12 darajagacha bo‘ladi. 13-14 yanvar kunlari kechalari — 0…+5, kunduzi — +8…+13 daraja atrofida bo‘ladi.

Yanvar oyining ikkinchi yarmida harorat kechalari -3…-8, kunduzi 0…+5 darajadan +8…+13 darajagacha, shimolda kechalari -10…-15 darajadan 0…-5 darajagacha va 0…-5 darajadan +3…+8 darajagacha o‘zgarib turishi mumkin.

Ikkinchi o‘n kunlikning boshida va uchinchi o‘n kunlikning ayrim kunlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан