Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Sir tutish”ga hech qanday ehtiyoj yo‘q
22.12.2020 21:22,  
699

Men ana shu muhokamalarni diqqat bilan kuzatib kelayotgan, qonun ijodkorligi jarayonlaridan yaxshi xabardor bir deputat sifatida ayrim fikrlarni bildirishni lozim topdim.

Avvalo, jamoatchilik ko‘tarayotgan muhokamaning mohiyati nimada, degan savol ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy.

Ma’lumki, Prezidentimizning 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 6034-sonli Farmonida 2021 yil 1 yanvardan umumyurisdiksiya sudlarini tashkil etish xususida ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Avvalo, mazkur Farmonning 1-bandida Oliy sud tomonidan Sudyalar oliy kengashi va sudyalar hamjamiyati bilan birgalikda qonunchilik tashabbusi asosida viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarini tashkil etish, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarini saqlab qolgan holda tuman (shahar) ma’muriy sudlari negizida ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rishga ixtisoslashtirilgan tumanlararo ma’muriy sudlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilganligi ma’lum qilingan edi. Ya’ni, jamoatchilik bu borada 24 iyuldayoq xabardor etilgan.

Oliy sud tomonidan joriy yil noyabr oyida Qonunchilik palatasiga kiritilgan mazkur qonun loyihasi dastlab ishchi guruhda, so‘ng qo‘mitalarda, siyosiy partiyalar fraksiyalarida obdon muhokamalardan o‘tkazildi. Deputatlar, sudyalar, advokatlar, olimlar, ekspertlar ishtirokida bir necha bor ishlandi.

Muhokamalar jarayoni xususida Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida, markaziy ommaviy axborot vositalarida yoritildi. Qolaversa, deputatlarning ijimtoiy tarmoqlardagi sahifalarida axborot va munosabatlari e’lon qilindi.  

Boshqacha aytganda, Konstitutsiyaga kiritilishi ko‘zda tutilgan o‘zgartishlar, ayrim hurmatli blogerlarimiz aytganidek, jamoatchilikdan “sir” tutilgani yo‘q.

Keling, yaxshisi, xulosa chiqarishdan ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasining o‘zini o‘qiylik: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar hamda tuzatishlar kiritish to‘g‘risida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin”.

E’tibor bering: ushbu modda mohiyatida Konstitutsiyaga o‘zgartish tegishli taklif kiritilgandan so‘ng olti oy mobaynida, keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda, qonun qabul qilishi mumkinligi aytilyapti. Ya’ni, olti oylik muddat loyihani muhokama etishga emasuni qabul qilish uchun berilyapti.

Qonunni qabul qilish uchun u avval Qonunchilik palatasida, so‘ng Senatda ko‘rib chiqilishini e’tiborga olsak, bu muddat qanchalik ahamiyatga ega ekanligi yaqqol anglashiladi. Ya’ni, qonunni qabul qilish muddati olti oydan oshmasligi shart. Bu esa, palatalar yetarlicha muhokamani tashkil etib, loyihani maromiga yetkazgan bo‘lsa, istasa, uni bir yo ikki oyda ham qabul qilishi mumkinligini bildiradi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, mazkur qonunning qabul qilinishi jamoatchilikdan sir tutilgani yo‘q. Bugungi ochiqlik-shaffoflik, oshkoralik davrida bunga ehtiyoj ham yo‘q aslida. Chunki, mazkur qonun ham, boshqalari kabi xalqimiz uchun ko‘p afzalliklarni yuzaga keltiradi. Fuqarolarning sudma-sud sarson bo‘lib yurishiga barham berib, ularning muammosini bir joyda hal qilinishiga imkon yaratadi. Sud tizimini boshqarish masalalarining takomillashtirilishiga, shuningdek viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarni tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash ishini yanada yaxshilashga turtki beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан