Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryo postida 1 milliardlik parfyumeriya vositalari to‘xtatib qolindi
11.07.2020 15:59,  
831

Sirdaryo viloyatidagi «Sirdaryo» chegara bojxona postida taxminiy qiymati 1 milliard 67 million so‘mlik noqonuniy parfyumeriya mahsulotlari va avtomashina ehtiyot qismlari to‘xtatib qolindi.

Viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda davlat xavfsizligi xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Rossiya davlatidan Qozog‘iston Respublikasi orqali O‘zbekistonga o‘tish uchun «Sirdaryo» chegara bojxona postiga “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasini boshqarib kirib kelgan fuqaro Janibek Shaymanov (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) o‘zining xatti-harakatlari bilan bojxona xodimlarida shubha uyg‘otadi.

Ushbu yuk avtotransport vositasi postdagi mavjud “Rapissan” nomli inspeksion ko‘rik majmuasi (IKM) yordamida tekshirilib, olingan fotosuratlar tahlil qilinganida, avtomobil yukxonasida yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan tovarlar mavjudligi ma’lum bo‘lib qoldi.

Avtomashina xolislar ishtirokida chuqur bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan hamda hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan, xorijda ishlab chiqarilgan, taxminiy qiymati 1 milliard 67 million so‘mlik 123 turdagi jami 12 ming 977 dona parfyumeriya (atir-upa) mahsulotlari hamda 61 turdagi 18 ming 581 dona, yo‘l-yuk hujjatlarida ko‘rsatilgandan anchagina ortiqcha avtomashina ehtiyot qismlari borligi aniqlandi. Ushbu noqonuniy mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан