Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryo va Surxondaryoda terrorchilik guruhining 9 nafar a’zosi ushlandi
20.07.2021 11:05,  
404

Shu yilning 17 iyul kuni Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, mavsumiy ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga borib, u yerda yashirin faoliyat olib borayotgan «Katibatul Tavxid val-Jixod» terrorchilik tashkiloti ta’siriga tushgan yashirin guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Mazkur guruh a’zolari yashash joylariga qaytib kelishgach, yaqin qarindoshlari va mahalladoshlari orasida radikal qarashlarini targ‘ib qilish hamda Internet ijtimoiy tarmoqlari orqali terrorchilik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tarqatish bilan shug‘ullanganlar.

Aniqlanishicha, ular Rossiya hududida bo‘lishlari davomida, Suriya Arab Respublikasida o‘rnashib olgan terroristik tashkilotlarga moliyaviy ko‘mak berib kelganlar va kelajakda o‘zlari ham ushbu davlatga borib, jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirganlar.

Tezkor tadbir natijasida jinoiy guruhning Boyovut tumanida yashovchi 8 nafar va Surxondaryo viloyatida yashovchi 1 nafar a’zosi qo‘lga olinib, ularning uyali aloqa vositalari hamda yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Ayni paytda, Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан