Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryo va Xorazm viloyati hokimlariga hayfsan berildi
20.01.2022 18:24,  
222

Davlatimiz rahbari davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sur’ati qoniqarsiz ekanini ta’kidladi.

Joriy yilda davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushishi prognoz qilinayotgan mablag‘lar ko‘rsatkichi juda kamligi, tarmoq va hududlarda hanuzgacha 2 mingta samarasiz ishlatilayotgan davlat mulki ob’yektlari mavjudligi keskin tanqid qilindi.

Viloyat hokimliklari balansida ham yillar davomida 170 ga yaqin bo‘sh ob’yektlar sotilmasdan turibdi.

Shuning uchun Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev va Xorazm viloyati hokimi F.Ermanovga xususiylashtirish ishlarini 

sust tashkil etgani uchun hayfsan e’lon qilindi.

Shuningdek, Davlat aktivlari agentligining Sirdaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlari boshqarma boshliqlarini ishdan olish, transformatsiya va xususiylashtirish ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygani uchun “O‘zagroservis” jamiyati raisi R.Xayitovga hayfsan e’lon qilishga ko‘rsatma berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан