Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryo viloyati 311 fuqaro va mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikga tortildi
5.08.2021 18:53,  
90

Kadastr agengligining Sirdaryo viloyat boshqarmasi tuman shahar inspektorlari tomonidan 311 ta holatda "Yerga bo‘lgan huquqini o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganlik " uchun jismoniy va yuridik shaxslarga 76 mln 195 ming so‘m jarima qo‘llanildi.

Qo‘llanilgan jarimalardan hozirgi kunda 188 ta 35 mln182 ming so‘m undirildi, qolgan 123 ta ma’muriy jarima undirilishi uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborildi.

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar yer uchastkasiga bo‘lgan xuquqni davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etishingizni so‘raymiz. 

Eslatma: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 68 prim 1 moddasiga asosan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik  — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан