Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari qimmatbaho mashina sabab «hayfsan» oldi va qo‘shimchasiga “toychoq”dan voz kechdi
29.12.2021 18:39,  
247

Tarmoqda Sirdaryo viloyati hokimligi 477 million so‘mga qimmatbaho avtomobil xarid qilayotgani bo‘yicha xabar tarqalgandi. 

E-qaror  portalidagi hujjatga ko‘ra, viloyat hokimligi hamda «Rodell» OAJ o‘rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilindi (hamda ushbu shartnomaga asosan «KIA Sorento Comfort» rusumli avtomashina sotib olish uchun Rodell OAJ o‘tkazilgan 477900,0 (to‘rt yuz yetmish yetti million to‘qqiz yuz) ming so‘m mablag‘ hokimlikning hisob raqamiga qaytarildi. 

Viloyat hokimining 2021 yil dekabr oyidagi farmoyishi bilan viloyat mahalliy byudjeti daromadlarining 3-chorak rejasidan oshirib bajarilgan qismi hisobidan ajratilgan 477900,0 (to‘rt yuz yetmish yetti million to‘qqiz yuz) ming so‘m mablag‘ «Saxovat va ko‘mak jamg‘armasiga» yo‘naltirildi.

Shuningdek, viloyat mahalliy byudjeti mablag‘larini ishlatilishini hamda davlat haridlari to‘g‘risidagi talablarni yetarli nazorat qilmaganligi uchun viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Karimov Anvar Rasulovichga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Viloyat hokimligining rasmiy veb-saytidagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra hokimlik balansida 2021 yil dekabr oyi holati bo‘yicha 14 ta xizmat avtomashinalari mavjud.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан