Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryo viloyati hokimligi yomg‘irda qolgan xayriya buyumlari yuzasidan munosabat bildirdi
15.05.2020 00:45,  
1989

Sirdaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda “Guliston. Sirdaryodagi oilalarga yordam sifatida aholi tomonidan uzatilgan buyumlarning ahvoli...” sarlavhasi bilan e’lon qilingan xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, bu holat Guliston shahri N.Zokirov ko‘chasi 1-uyda joylashgan vaqtinchalik omborxonada kuzatilgan bo‘lib, bu ombor “Sardoba” suv omborida favqulodda holat yuz berganligi munosabati bilan ko‘ngillilar tomonidan insonparvarlik yordami sifatida yuborilgan kiyim-bosh va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlarini qabul qilishga mo‘ljallangan.

Mazkur omborga yuborilgan buyumlar, avval Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi hodimlari O‘zbekiston yoshlar ittifqi Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan jalb etilgan faol yoshlar (valantyorlar) tomonidan ochiq maydonda saralanadi, shundan so‘ng epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash yuqumli kasalliklar tarqashi ehtimolini kamaytirish maqsadida dezinfeksiya qilingan holda turlariga qarab omborning yopiq qismiga joylashtiriladi.

Joriy yilning 13-14 may kunlari Guliston shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va odamlar ta’bini biroz xira qilishga sabab bo‘lgan holat, aynan ko‘ngillilar tomonidan yuborilgan buyumlarni yuk mashinalaridan tushirilib, saralash jarayoni ketayotgan bir vaqtda kuchli yomg‘ir yog‘gan.

"Tabiiyki, bu holatga u yerda faoliyat yuritayotgan volontyorlar omborning yomg‘irdan panaroq qismida yomg‘ir tinishini kutib turishgan. Huddi shu vaziyatda noma’lum shaxs tomonidan suratga olinib, uning ijtimoiy tarmoqda tarqalishiga sabab bo‘lgan.

Endi ushbu mahsulotlarning tarqatilishida “propiska” asosida tarqatilishi masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, yuqorida ta’kidlaganimizdek, avval saralanib, buyumlar dezinfeksiya qilinganidan so‘ng favqulodda vaziyatda zarar ko‘rgan hamda vaqtincha evakuatsiya qilingan aholiga yetkazilmoqda", deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан