Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
20.02.2021 19:19,  
81

Harbiy xizmatchi va xodimlarning jismonan sog‘lomligi va ruhiy tayyorgarligini oshirish uchun muntazam ravishda mashg‘ulotlar o‘tkazilishi sir emas. Bu borada sport musobaqalarining ahamiyati yuqori. Sog‘lom raqobat esa taraqqiyot omilidir.

Shu bois kuni kecha Sirdaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqada viloyatning Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona va Ichki ishlar boshqarmalari harbiy xizmatchi va xodimlaridan tashkil topgan oltita jamoa ishtirok etdi. Murosasiz kechgan bellashuvda uchinchi o‘rinni Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi, ikkinchi o‘rinni Davlat xavfsizlik xizmati jamoasi qo‘lga kiritdi. Faxrli birinchi o‘ringa esa Milliy gvardiya jamoasi munosib deb topildi. G‘olib va sovrindorlarga hamkor tashkilotlarning diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi, — deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi internet nashri.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан