Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda chaqalog‘ini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
15.05.2020 14:41,  
303

Joriy yilning 5 may kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani, “Laylakko‘l“ mahallasida fuqaro E.Sh. chaqalog‘ini fuqaro R.G.ga 10 200 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan.

Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, shu vaqtda E.Sh. Sirdaryo viloyati IIB T va EQKB hamda Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. 

Voqea joyida gumonlanuvchidan 10 200 AQSh dollari miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holatga ko‘ra, fuqaro E.Sh.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyat tarkibi mavjud bo‘lib, unga nisbatan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан