Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda 140 km tezlikda harakatlangan haydovchi 5 yoshli qizni urib yubordi
26.06.2020 16:06,  
1123

23 iyun kuni fuqaro M.N boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtomashinani Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lida avariya sodir etdi.

Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, fuqaro M.N Yangiyerdan o‘tgan yo‘lda mashinasini 140 km/soat tezlikda boshqarib ketayotib, yo‘lning shu qismida piyodalar o‘tishi uchun yo‘lagi bo‘lmagan joyidan o‘tayotgan 2015 yilda tug‘ilgan E.Sh.ni urib yuborgan.

Natijada voyaga yetmagan E.Sh. og‘ir tan jarohati olib RShTYoIM Sirdaryo viloyati filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

Foto: Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati

"Shu o‘rinda, ota-onalarimizdan farzandlarimizni yolg‘iz, nazoratsiz ko‘chaga chiqarmasliklarini, doimiy ravishda ularni nazorat qilib turishlarini so‘rab qolamiz.

Aks holda yuqoridagi holat har birimizning farzandlarimiz bilan ham sodir bo‘lishi mumkin" - deyiladi IIV xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан