Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda 5 ta avtomashina to‘qnashuvida 2 nafar yo‘lovchi qurbon bo‘ldi
18.06.2020 20:09,  
729

Joriy yilning 18 iyun kuni soat 10:20 larda, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 85 km.da, haydovchi, 1992 y.t. X.X. (erkak) “Kaptiva” rusumli transport vositasini “Guliston-Toshkent” yo‘nalishida boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1993 y.t., S.M. (erkak) boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli transport vositasining o‘ng tomonidan quvib o‘tishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.

Natijada “Kaptiva” avtomashinasi yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan haydovchi 1986 y.t. M.U. (erkak) boshqaruvidagi “Damas” rusumli hamda haydovchi 1962 y.t. B.M. (erkak) boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli transport vositalariga, haydovchi S.M. boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashinasi esa haydovchi, 1975 y.t., U.X. (erkak) boshqaruvidagi “Audi-100” rusumli avtomashinaning orqa qismiga urilib, YTH sodir bo‘lgan.

Natijada, “Damas” rusumli transport vositasi yo‘lovchilari 1979 y.t. A.J. (erkak) va 1982 y.t. Q.Q. (erkak)lar  og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etishgan.

“Kobalt” rusumli transport vositasi haydovchisi B.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан