Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda bank boshqaruvchisi 520 mln. so‘m kredit mablag‘larini o‘margan
12.08.2020 17:19,  
342

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi Agrobank filialining sobiq boshqaruvchisi bir nechta xo‘jalik yurituvchi sub’yektga jami 520 million so‘m kredit rasmiylashtirib, bu mablag‘larni ham o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi “T.P.” fermer xo‘jaligining 17,6 million so‘m mablag‘i boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yekt hisob raqamiga o‘tkazilgan. “D.V.” fermer xo‘jaligi rahbarining kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun bankka to‘lagan 17 million so‘m naqd puli esa izsiz g‘oyib bo‘lgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Mirzaobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tadbirkorlarlarning mablag‘i sobiq boshqaruvchi A.G. tomonidan suiiste’mol qilingani aniqlangan.

Bundan tashqari, u yana uchta xo‘jalik yurituvchi sub’yektga jami 520 million so‘m mablag‘ni o‘margan. Mazkur talon-toroj qilganlik holati bo‘yicha A.G. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, Namangan viloyati Mingbuloq tumanida esa “Toza ichimlik suvi” unitar korxonasi sobiq mansabdor shaxslari tomonidan suv uchun aholidan yig‘ib olingan 190 million so‘m naqd pul mablag‘i bank kassasiga topshirilmasdan talon-toroj qilingan.

Bu holat ham Departmamentning Mingbuloq tumani bo‘limi xodimlari tomonidan fosh etilib, korxona rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari M.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Upd. Ushbu xabar O‘zAning Telegram kanaliga soat 13:40 da joylangan edi. O‘sha vaqtda saytdagi xabarda tadbirkorlarning mablag‘ini o‘zlashtirgan bank boshqaruvchisi Agrobank sobiq xodimi ekanligini yozilgan edi.

Soat 17:00 holatiga ko‘ra saytdagi xabardan bank nomi olib tashlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан