Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda bir yoshli chaqalog‘ini 17 ming dollarga sotayotgan ayol ushlandi
22.07.2020 12:51,  
274

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Sirdaryo viloyati boshqarmasi va Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari bilan hamkorlikda Guliston shahrida odam savdosi yuzasidan tadbir o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda Guliston shahar X.Do‘stligi ko‘chasi, «Shohruh» mehmonxonasi ro‘parasida tadbirga xaridor sifatida jalb etilgan M.X.ga Guliston shaharda yashovchi O‘.A. 2019 y.t, voyaga yetmagan qiz farzandi O‘.L.ni 17.000 (o‘n yetti ming) AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, daliliy ashyo sifatida 17.000 (o‘n yetti ming) AQSh dollar pullar bayonnoma asosida rasmiylashtirib olindi hamda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан