Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda “Departament xodimi” qo‘lga olindi
2.06.2021 11:49,  
527

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini “Departament xodimi” deb tanishtirgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda. 

Departamentning ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘limining bildirgisiga asosan Shirin shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.X. boshqa bir fuqaro A.ga o‘zini “Departament xodimi” deb tanishtirib, unga 1 000 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali shahar hududidan bekat do‘kon qurish uchun yer ajratilishida yordam berishni va’da qilib, oldindan 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан