Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda DXX va IIV yashirin guruhni qo‘lga oldi
21.01.2021 12:05,  
1314

Shu yilning 21 yanvar kuni Sirdaryo viloyati bo‘yicha DXX boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Sirdaryo viloyatida «jihodchilar» ekstremistik oqimining yashirin guruhi a’zolari ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur guruhning 2 nafar yetakchisi Rossiya Federatsiyasida mavsumiy ishlashi davomida radikal guruhlar ta’siriga tushib, yashash joyiga qaytib kelganlaridan so‘ng aholi orasida o‘zlarining buzg‘unchi g‘oyalarini targ‘ib qilish va internetning ijtimoiy tarmoqlari orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnomalarining ma’ruzalarini tarqatish bilan shug‘ullanishgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori asosida ta’qiqlangan ekstremistik va terrorchilik guruhlarga aloqador shaxslarning maqola va ma’ruzalarini internet tarmog‘idan yuklab olib, ularni saqlash va atrofdagilarga tarqatish, shuningdek, Suriya Arab Respublikasida davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etuvchi terrorchilik guruhlarni moliyalashtirish bilan shug‘ullangan.

Ushbu jinoiy guruh rahbarlari 2020 yilda Sardoba suv ombori bilan bog‘liq suv toshqini oqibatida talofat ko‘rgan masjidlarning qayta qurilishiga moddiy ko‘mak yig‘ishni aytib, «Telegram» mobil messenjerida hayriya guruhini ochib, muqaddas qadamjoning qayta qurilishiga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan mo‘min musulmonlarni aldab, ular tomonidan bank plastik kartasiga tushirilgan mablag‘larni Suriyaga jo‘natish bilan shug‘ullanganlar.

Qo‘lga olinganlardan ba’zilari karantin cheklovlari bekor qilingach, Suriyaga chiqib ketishni rejalashtirish maqsadida ushbu mamlakat hududidagi maslakdoshlari bilan aloqada bo‘lib kelgani aytiladi.

Tezkor tadbirlar natijasida ekstremistlarning barcha a’zolari qo‘lga olinib, yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuv tergov xarakatlari davomida, ularning jinoiy faoliyatini fosh etuvchi daliliy ashyolar olindi.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov-surishtiruv ishlar davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан