Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda erkak janjal sabab xotinini pichoqlab qo‘ydi
29.01.2021 08:39,  
612

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida ayoli bilan yarashish maqsadida qaynotasining uyiga borgan erkak — o‘zaro kelishmovchilik oqibatida turmush o‘rtog‘ini qasddan pichoqladi. Bu haqida «Sirdaryo Xabarlari» ma’lum qildi.

Sirdaryo viloyat prokuraturasining xabariga ko‘ra, 2021 yil 24 yanvar kuni soat soat 16:30larda Sayxunobod tuman IIBga tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan tezkor xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra, 1988 yilda Sayxunobod tumanida tug‘ilgan fuqaro, 2 nafar farzandning onasi Sh.R, Sayxunobod tumani «Shodlik» mahallasida yashovchi otasi N.S.ning xonadonida istiqomat qilayotgan vaqtida 1987 yilda Guliston shahrida tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i N.E. yarashish uchun kelib, Sh.R. bilan gaplashayotgan vaqtida o‘zaro janjallashib qolgan.

Oqibatda N.E. o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan Sh.R. tanasining turli joylariga uch marotaba qasddan urgan. Ushbu janjalni eshitib qolgan qaynotasi N.S. kelib qolganligini ko‘rib, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘ini tashlab, hodisa sodir bo‘lgan joydan qochib ketgan.

«Sh.R. o‘ng qovurg‘a osti sohasi, orqa ikki kurak orasi sohasi hamda yuz sohasi chap chakkasi lo‘nj qismi jarohatlari, post gematomik shok 1-2 darajasi” tashxisi bilan RSHTYoIM Sayxunobod tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, fuqaro N.Rasuljanovaga yetkazilgan tan jaroxatining og‘irlik darajasi bo‘yicha “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir shikast» deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan 24-yanvar kuni Sayxunobod tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro N.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.E. Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан